Mazkur tizim nazorat kameralari va parvoz haqidagi oldindan olingan ma’lumotlarni tahlil qilish orqali yo‘lovchilar va ularning yuklarini bilvosita bojxona nazoratidan o‘tkazish imkonini beradi. Bu haqda O‘zbekiston havo yo‘llari aviakompaniyasi xabar berdi.
Terminalning butun perimetri bo‘ylab o‘rnatilgan kameralar bojxona organlariga real vaqt rejimida masofadan turib vaziyatni kuzatish va faqatgina zarur hollarda yo‘lovchilarni bojxona ko‘rigidan o‘tkazish imkonini beradi. Bu esa, o‘z navbatida, xorijga otlangan yo‘lovchilarning bojxona nazoratidan tezroq va hech qanday kechikishlarsiz o‘tish imkonini beradi. Sodda qilib aytganda, yo‘lovchilar bojxona nazoratidan o‘tganliklarini o‘zlari payqamaydilar.