“Doha-Toshkent” yoʻnalishi boʻylab uchib kelgan Oʻzbekiston fuqarosi bojxona nazorati zonasining “yashil” yoʻlagi orqali harakatlanganidan soʻng toʻxtatildi.
Uning oʻzi va bagajlari koʻzdan kechirilganida, mazkur fuqaroga tegishli boʻlgan yuklar orasidan dastlabki taxminiy qiymati 230 000 000 mln soʻmlik jami 9 dona “iPhone 17” rusumli uyali aloqa vositalari borligi aniqlandi. Mazkur yuklar bojxona nazoratiga tegishli tartibda taqdim etilmagan, yoʻlovchi bojxona deklaratsiyasida yozib koʻrsatilmagan.
Uyali aloqa vositalari huquqbuzarlik ashyosi sifatida vaqtincha saqlovga olindi.
Mazkur holat yuzasidan fuqaroga nisbatan hujjatlar rasmiylashtirilib, surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.








