"Uzbekistan Airports“ AJ yo'lovchilarni kutib oluvchilar uchun Toshkent xalqaro aeroportining uchib kelish zali yonidagi P2 va P3 avtoturargohlarida ikkita yangi hudud quradi. Bu haqda jamiyat matbuot xizmati xabar bermoqda.

"Uzbekistan Airports" AJ boshqaruvi raisi Ra'no Jo'rayevaning ta'kidlashicha, 2018-yilda qurilgan uchib kelish zali xalqaro standartlarga javob bermaydi, u yerda kutib oluvchilar uchun joy ajratilmagan.

Qayt etilishicha, yo'lovchilar oqimining jadal sur'atlarda o'sib borayotgani munosabati bilan yaqinlari va do'stlari bilan uchrashish uchun kelganlarga uchib kelish terminalida ajratilgan hudud yetarli bo'lmay qoldi. Bir necha kun ichida bojxona zonasini kutib olish zonasidan ajratish choralari ko'rilgan. 400 kv.m maydon har kuni aeroportga yaqinlarini kutib olishga kelganlar uchun juda torlik qilgan.

Jamiyat rahbariyati kutib oluvchilar uchun yangi hudud loyihasi ustida ish olib borgan. Taxminan, mart oyining oxiriga qadar umumiy maydoni qariyb 1400 kv.m bo'lgan ikkita shunday hudud quriladi — biri mavjud soyabonlar o'rniga, ikkinchisi — ketish va kelish zallari oralig'idagi P2 avtoturargohida. Yaqin kunlarda aeroport oldi maydonida qurilish-montaj ishlarini boshlash rejalashtirilgan.