“Toshkent” aeroportida samolyotlarning toʻxtash joylari taʼmirlanyapti

    Transport 9 Oktabr 2023 909

    Taʼmirlanayotgan asfalt va beton aralashmasining umumiy maydoni 92 ming kvadrat metrni tashkil qiladi.

    ​​“Toshkent” aeroportida samolyotlar toʻxtash joylarini kapital taʼmirlash ishlari boshlandi. B1-B5 va B11-B17 samolyot turar joylarini, shuningdek, RD-B yurish yoʻlini kapital taʼmirlash ishlari boshlandi. Kapital taʼmirlash doirasida sunʼiy qoplama mustahkamlanadi.

    “Bu joyda oxirgi marta taʼmirlash ishlari 2000-yillarda amalga oshirilgan. Foydalanish muddati uzoq boʻlganligi sababli taʼmirlashni talab qiluvchi nuqsonli joylar shakllangan”, — deya izoh berildi “Uzbekistan Airports”ning parvozlarga ayerodromda texnik taʼminot koʻrsatish boʻlimida.

    Taʼmirlanayotgan asfalt va beton aralashmasining umumiy maydoni 92 ming kvadrat metrni tashkil qiladi.

    Eslatib oʻtamiz, joriy yilning aprel oyida Toshkent aeroportining ikkinchi uchish-qoʻnish yoʻlagi toʻliq rekonstruksiya qilinib, foydalanishga topshirilgan edi.