Nomzodlar kelgusida amaliy tadbiq etish uchun mavzu boʻyicha kontsepsiyalarni tayyorlashlari va taqdim etishlari kutilmoqda.
Musobaqa yoʻlovchilarga qulay formatda va shaffof narxlarda taksi xizmatlaridan foydalanish imkoniyatini taʼminlash hamda Toshkent aeroporti hududida noqonuniy taksilar faoliyatini toʻxtatish maqsadida tashkil etilgan.
Tanlovda ishtirok etish uchun boʻlimning elektron manziliga (toshkent@mintrans.uz) ariza, gʻoya va konsepsiya tavsifini yuborish kerak boʻladi. Arizalar 30-aprelgacha qabul qilinadi.
Tanlov davomida saralangan eng ijodiy gʻoyalar aeroport atrofidagi hududda amalga oshiriladi. Bu haqida Transport vazirligi xabar bermoqda.