Navro‘z bayrami hamda Ramazon Hayiti arafasida Toshkent shahridan respublikamizning turli hududlariga muntazam avtobus yo‘nalishlari orqali o‘z manziliga yetib olishni rejalashtirgan yo‘lovchilarga qulaylik yaratish maqsadida “Toshkent” avtovokzalidan amaldagi reyslardan tashqari har kuni shaharlararo yo‘nalishlarda 70 dan ortiq qo‘shimcha avtobus qatnovlari tashkil etilmoqda.

Qatnovlar “Toshkent” avtovokzalidan Zomin, Samarqand, Jarqo‘rg‘on, Buxoro, Qorako‘l, Mirbozor, Navoiy, Jo‘sh, Nurota, Zarmitan, Zarafshon, Xatirchi, Qiziltepa, Konimex, Uchquduq, Kadan, Payariq, Shahrisabz, Qarshi, G‘uzor, Sherobod, Termiz, Denov, Uzun, Urganch, Xiva, Gurlan, To‘rtko‘l va Nukus shaharlariga amalga oshirilmoqda.