Unga koʻra, Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Urganch filialida tahsil olayotgan barcha talabalar oʻqishini 2025/2026 oʻquv yilidan Urganch davlat universitetining mos bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari va magistratura mutaxassisliklarida davom ettiradi.
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning Urganch filiali Al-Xorazmiy majmuasi hududida tashkil etiladi.
Ixtisoslashtirilgan maktabda oʻquv jarayoni 7-yillik dastur asosida STEM modeli boʻyicha tashkil etiladi. Bunda:
— dastlabki 5-yilda ustuvorlik oʻquvchilarda fizika, matematika, informatika va ingliz tili boʻyicha fundamental bilimlarni shakllantirishga, keyingi 2-yilda esa muhandislikka boshlangʻich tayyorgarlikni taʼminlashga qaratiladi;
— oʻquvchilar tanlovi umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarining matematika va informatika fanlari boʻyicha qobiliyati bor 4-sinf bitiruvchilari orasidan amalga oshiriladi.
Ixtisoslashtirilgan maktabga Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab rahbari, xodimlari va oʻquvchilari uchun belgilangan tashkiliy, akademik va moliyaviy shart-sharoitlar tatbiq etiladi.