Holat boʻyicha Favqulodda vaziyatlar vazirligi maʼlumot berdi.

Shu yilning 26-sentyabr kuni tungi soat 22:23 da Toshkent viloyati, Boʻstonliq tumani, “Chinor” MFY, Shirmonbuloq koʻchasida joylashgan uylarda yongʻin sodir boʻlayotganligi toʻgʻrisida FVBga xabar tushgan.

Xabarga asosan yongʻin-qutqaruv ekipajlari hodisa joyiga yetib borib, yongʻin soat 23:10 da qurshab olingan va soat 23:55 da batamom oʻchirilgan.

Maʼlumotlarga koʻra, yongʻinni bartaraf etish uchun 4 ta yongʻin-qutqaruv ekipaji va 3 ta suv tashuvchi avtoulov jalb etilgan.

Hozirda yongʻin sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va vafot etgan fuqarolar toʻgʻrisida xabar kelib tushmadi, — deyiladi xabarda.