Toshkent Botanika bogʻi vaqtincha yopildi

    Dolzarb 23 Iyul 2021 892

    Toshkent Botanika bogʻi tashrif buyuruvchilar uchun oʻz faoliyatini vaqtinchalik toʻxtatadi, deya xabar beradi Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi matbuot xizmati.

    Qayd etilishicha, Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Botanika instituti huzuridagi Toshkent Botanika bogʻida 2021/2022-oʻquv yilida Prezident maktablariga oʻqishga qabul qilish uchun test sinovlari oʻtkaziladi.

    Shu munosabat bilan joriy yil 23-iyuldan 31-iyulga qadar tashrif buyuruvchilar uchun oʻz faoliyatini vaqtinchalik toʻxtatadi.