Xushboʻy hidli bu daraxt nomi 1703-yilda fransuz botanigi Per Magnol sharafiga Magnoliya deb nomlangan.
Magnoliya (Magnoliaceae) magnoliyadoshlar oilasiga mansub doim yashil yoki barg toʻkadigan daraxtlar turkumidir. Sharqiy va Janubiy-Sharqiy Osiyo, Shimoliy Amerikaning Janubiy-Sharqi hamda Markaziy Amerikada 80 dan ortiq turlari bor.
Toshkent Botanika bogʻida Magnoliya turkumining Yirik gulli magnoliya (Magnolia grandiflora), Sulanja magnoliyasi (Magnolia x soulangeana), Kobus magnoliyasi (Magnolia kobus), yulduzsimon magnoliya (Magnolia stellata), uchbargli magnoliya ( Magnolia tripetala) kabi turlarini uchratishingiz mumkin.