Toshkent Botanika bog‘i ma’muriyatining xabar qilishicha, so‘nggi vaqtlarda bog‘ hududida velosiped va samokatlarda harakatlanish davomida fuqarolarning yiqilishi va turli darajadagi tan jarohatlari olishi bilan bog‘liq noxush holatlar tez-tez kuzatilmoqda.
Shu munosabat bilan, tashrif buyuruvchilarning ko‘plab so‘rovlari hamda Ilmiy kengashning qaroriga asosan 2026-yil 1-apreldan boshlab Botanika bog‘i hududida barcha turdagi velosiped va samokatlar harakatlanishi to‘xtatiladi.
“Ushbu chora barchamiz uchun bog‘da xavfsiz, tinch va osuda piyoda sayr qilish muhitini yaratish maqsadida amalga oshirilmoqda. Tabiat go‘zalligidan piyoda sayr qilib, xotirjam bahra olishingiz uchun barcha sharoitlar saqlab qolinadi”, deyiladi xabarda.