Unga koʻra, Toshkent shahri hududidagi bozorlardagi bozorlardan olinadigan bir martalik yigʻimlar koʻrsatiladigan xizmatlar uchun yigʻim va ijara toʻlovlari hamda inventarlar ijarasi uchun yangi toʻlov miqdorlari belgilandi.
Yangi patta narxlarining miqdori quyidagicha oʻzgardi (narxlar 1 oʻrin/1 kun uchun):
— hoʻl mevalar – 18 000 soʻm (avval 15 000 soʻm);
— sitrus va tropik mevalar – 39 000 soʻm (avval 32 000 soʻm);
— quruq mevalar – 40 000 soʻm (avval 33 000 soʻm);
— sut mahsulotlari – 15 000 soʻm (avval 18 000 soʻm);
— poliz mahsulotlari – 34 000 soʻm (avval 28 000 soʻm);
— goʻsht mahsulotlari – 42 000 soʻm (avval 35 000 soʻm).








