Toshkent davlat agrar universitetining Samarqand filiali tashkil etildi

    Hukumatning “Toshkent davlat agrar universitetining Samarqand filiali faoliyatini tashkil etish to'g'risida”gi qarori qabul qilindi.

    Unga ko'ra:

    2020/2021 o'quv yilidan boshlab Toshkent davlat agrar universitetining Samarqand filiali tashkil etiladi.

    Quyidagilar filialning asosiy vazifalari etib belgilandi:

    - qishloq xo'jaligida innovatsion resurs tejaydigan ilg'or texnologiyalarni qo'llash, “Aqlli qishloq xo'jaligi” (Smart agriculture) va raqamlashtirilgan agrotexnologiyalarni joriy qilish bo'yicha zamonaviy bilim va ko'nikmalarga ega bo'lgan kadrlarni tayyorlash;

    - o'quv-laboratoriya bazasini modernizatsiyalash, fan dasturlarida sohaga oid innovatsion va zamonaviy ishlab chiqarish jarayonlari, yuqori unumli hamda resurs tejaydigan ilg'or texnologiyalar bo'yicha bilmilarni aks ettirish;

    - o'quv va boshqaruv jarayonini tashkil va nazorat qilishda axborot tizimlarini joriy qilish, talabalarning mustaqil ta'lim olishi uchun masofaviy o'qitish shaklini tatbiq etish orqali qulay shart-sharoitlar yaratish;

    - kredit -modul tizimini o'quv jarayoniga joriy etish borasida professor-o'qituvchilar o'quv yuklamasini me'yorlashtirish, shuningdek, pedagog xodimlar tomonidan o'quv-metodik, ilmiy-tadqiqot ishlari, “ustoz-shogird” tizimi bo'yicha ishlarning bajarilishini rag'batlantirib borish va boshqalar.

    SHuningdek, Filialda Belorus Respublikasining Grodno davlat agrar universiteti bilan qishloq xo'jaligi sohasida qo'shma ta'lim dasturlari (double degree) amalga oshiriladi.