Ushbu kurs Yevrokomissiya tomonidan moliyalashtiriladigan “Markaziy Osiyo huquqi” va “Markaziy Osiyoda korrupsiyaga qarshi kurashish” loyihalari doirasida hamda Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti mablagʻlari hisobidan tashkil etilmoqda.
Trening davomida shved oliy taʼlim muassasasining yetakchi mutaxassislari oʻzbek hamkorlarini huquq ustuvorligini taʼminlash va korrupsiyaga qarshi kurash yoʻnalishlarida Shvetsiyaning ilgʻor tajribasi bilan tanishtirmoqda.
Mazkur tashrif doirasida 14-noyabr kuni mamlakatimizning Shvetsiyadagi elchixonasi tomonidan Lund universiteti professorlari Rustam Oʻrinboyev va Sherzod Eraliyev bilan hamkorlikda Oʻzbekiston delegatsiyasi uchun davra suhbati tashkil etildi.
Tadbirda Oʻzbekiston va Shvetsiya oʻrtasida ilmiy tadqiqot sohalarida hamkorlik aloqalarini yanada faollashtirish yuzasidan takliflar koʻrib chiqildi.