Toshkent davlat texnika universiteti Olmaliq filialida “Bilimlar kuni” boʻlib oʻtdi

    Respublikamizdagi barcha oliy taʼlim muassasalarida yangi 2025-2026 oʻquv yili boshlanishi munosabati bilan “Bilimlar kuni” tantanali tadbirlar boʻlib oʻtmoqda.

    “Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun” shiori ostida 1-bosqich talabalari uchun TDTU Olmaliq filiali fakultetlarida oʻtkazilgan tantanali tadbirlarda ishlab chiqarish korxonalari vakillari, professor-oʻqituvchilar, talabalar va ularning ota-onalari ishtirok etishdi.

    Milliy kuy, qoʻshiq va raqslar bilan koʻtarinki ruhda oʻtkazilgan tadbirda test sinovlarida yuqori natija koʻrsatgan talabalarning ota-onalariga filial jamoasining tashakkurnomasi va qimmatbaho sovgʻalari topshirildi.

    Soʻzga chiqqan tadbir ishtirokchilari oliy taʼlimga dastlabki qadamlarini qoʻygan yoshlarga oq yoʻl tilab, oʻzlarining tilaklarini bildirdilar. Tadbir soʻnggida barcha ota-onalar va talabalarni filial faoliyati bilan tanishtirish maqsadida oʻquv xonalari laboratoriyalarga taklif etildi.