Mazkur tadbir “Yoshlar Ventures” tashabbusi va O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi direktori Alisher Sadullayev tashabbusida tashkil etildi.

Lagerda yurtimiz bo‘ylab kelib tushgan 1000 dan ortiq arizadan saralab olingan 103 ta jamoa, ya’ni 206 nafar iqtidorli yoshlar o‘z startap g‘oyalarini taqdim etdi.

Ushbu nufuzli loyihada Toshkent davlat tibbiyot universiteti (TDTU) talabalari ham faol ishtirok etdi:

  • Saparbayeva Jursinoy — ishtirokchi
  • Ahmedov Diyorbek — ishtirokchi
  • Joldasbayeva Albina — jamoa koordinatori

Ular tomonidan taqdim etilgan “Cardio-HELP” startapi — yurak-qon tomir kasalliklarini erta aniqlash, xavf darajasini baholash va foydalanuvchilarga sog‘lom turmush tarzini shakllantirishda ko‘maklashuvchi raqamli platforma sifatida e’tirof etildi.

TDTU jamoasi “HackUnicorn” lageri davomida sohadagi mutaxassislar — mentorlar bilan yaqindan hamkorlikda ish olib bordi, loyihalarini takomillashtirdi va investorlar oldida taqdimot qilish imkoniyatiga ega bo‘ldi.

Bu kabi tashabbuslar yoshlarning tashabbuskorligi, texnologiya va tibbiyot kesishmasidagi yangi g‘oyalarning amaliyotga tatbiq etilishida muhim poydevor hisoblanadi.

Bugungi kichik g‘oyalar — ertangi katta yutuqlar zaminidir!

TDTU yoshlari o‘z bilim va intilishlari bilan mamlakatimizdagi innovatsion taraqqiyotning faol ishtirokchilariga aylanmoqda.