Toshkent davlat yuridik universiteti masʼulini ikkinchi bor javobgarlikka tortildi

    Sobiq “Ayollar va erkaklar gimnaziyasi”ning (XIX asr) kirish eshiklari oʻzboshimchalik bilan, tegishli ruxsat olinmasdan almashtirilgan.

    Bosh Prokuratura axborot xizmatining maʼlum qilishicha, birgina Toshkent shahrining oʻzida 59 ta madaniy meros obyektlaridan taʼlim, 109 tasidan esa vazirlik idoralarning maʼmuriy binosi sifatida foydalanib kelinmoqda.

    Biroq ayrim tashkilot masʼullari muqaddam maʼmuriy jazo qoʻllanilganidan tegishli xulosa chiqarmasdan, milliy boyligimizdan foydalanishda qonunbuzilish holatlariga yoʻl qoʻyib kelmoqda.

    Jumladan, poytaxtning Sayilgoh koʻchasida joylashgan betakror arxitektura yodgorligi boʻlgan sobiq “Ayollar va erkaklar gimnaziyasi”ning (XIX asr) kirish eshiklari oʻzboshimchalik bilan, tegishli ruxsat olinmasdan almashtirilgan.

    Holat yuzasidan sudning 02.12.2024-yildagi qarori bilan binodan foydalanuvchi Toshkent davlat yuridik universiteti masʼul shaxsi madaniy meros obyektlaridan foydalanish qoidalarini buzishda aybli deb topilib, jarima jazosiga tortildi.