Maʼlumotlar Cost of Living City Rankingʻda keltirilgan.

Hammasi boʻlib roʻyxatda 227 ta shahar mavjud boʻlib, hisoblash eng qimmatidan eng arzoniga qadar amalga oshiriladi.

Toshkent 221-, Dushanbe 225- va Bishkek 226-oʻrinni egallagan.

Xorijliklar yashashi uchun eng qimmat shahar sifatida Hongkong, eng arzoni esa Anqara deb tan olingan.

Yuqori narx boʻyicha birinchi oʻntalikka bir vaqtning oʻzida Shveysariyaning toʻrtta shahri kirdi: Syurix, Jeneva, Bazel va Bern. Top-10 talikka Tel-Aviv, Nyu-York, Singapur, Tokio va Pekin ham kirdi.

Eng arzon shaharlar oʻnligidan, shuningdek, Istanbul, Karachi, Islomobod, Olmaota (219) joy oldi.

Har yili koʻchib oʻtish uchun eng qimmat va arzon shaharlarning bunday reytingi tuziladi.

2021-yil yagona istisnoga aylandi, oʻshanda COVID-19 pandemiyasi tufayli tadqiqot oʻtkazmaslikka qaror qilingan.

Shaharlar 200 dan ortiq tovarlar va xizmatlar, jumladan, uy-joy ijarasi, jamoat transporti, oziq-ovqat, kiyim-kechak va koʻngilochar xizmatlar qiymati boʻyicha baholanadi.