Bir necha kun oldin Toshkent ushbu koʻrsatkich boʻyicha 11-oʻrinda edi.

Maʼlumotlarga koʻra, havoda mayda PM-2,5 dispers zarrachasining meʼyoriy qiymatlaridan ortishi havoning sifat darajasi “qoniqarsiz” boʻlishini taʼminladi.

Reytingda Qozogʻiston poytaxti Ostona havosi eng ifloslangan shahar sifatida qayd etilgan. Shuningdek, Chengdu, Pekin, Uhan (Xitoy), Lahor (Pokiston), Dubay (BAA), Dehli (Hindiston) shaharlarida ham havoning keskin ifloslanishi kuzatilgan.