Toshkent havosi iflos shaharlar reytingida 1-oʻringa chiqdi

    Shu yilning 28-yanvar kun Toshkent shahar havosi iQAir reytingida yana havosi eng iflos shaharlarni ortda qoldirib birinchi oʻringa chiqib oldi.

    iQAir portaliga koʻra, Toshkent havosida mayda PM2,5 dispers zarralarining konsentratsiyasi 77,8 mkg/m3 ni tashkil etmoqda.

    Poytaxt aholisi bugun tongda shaharda qandaydir kuygan hid borligidan shikoyat qilgan.

    Eslatib oʻtamiz, poytaxt havosi tongda havosi iflos shaharlar reytingida 8 oʻrinda edi.