Toshkent IESda 52 kVt quvvatli quyosh fotoelektr stansiyasi ishga tushirildi

    Energetika 21 Noyabr 2022 1394

    Issiqlik elektr stansiyalarida oʻz ehtiyojlari uchun zarur boʻlgan elektr energiyasini muqobil energiya manbalari asosida ishlab chiqishga alohida eʼtibor berilyapti.

    Ayniqsa, isteʼmol katta boʻlgan kuz-qish mavsumida ushbu loyihalarning ahamiyati juda muhim hisoblanadi.

    Dastlabki hisob-kitoblarga koʻra, Toshkent IESda oʻrnatilgan quyosh panellari orqali yiliga oʻrtacha 94 ming kVt/soat elektr energiyasi ishlab chiqariladi.

    Natijada yiliga 30 ming kub metr tabiiy gaz iqtisod qilinishiga erishiladi, deb xabar beradi Energetika vazirligi matbuot xizmati.