баннер
27 Apr 2025
17:13

    Toshkent koʻchalaridan biriga Mustafo Kamol Otaturk nomi berilishi mumkin

    Toshkent shahar hokimi Shavkat Umurzakov Turkiya Respublikasining Oʻzbekistondagi favqulodda va muxtor Elchisi Olgan Bekar bilan uchrashdi.

    Uchrashuvda Shavkat Umurzakov Olgan Bekarga Oʻzbekistondagi diplomatik missiyasi yakuniga yetayotganini aytib oʻtdi va Turk maktabini kengaytirish, Turkiyaning birinchi prezidenti Mustafo Kamol Otaturk nomini Toshkent koʻchalaridan biriga berish hamda Toshkent shahrida Turk bogʻini tashkil etish boʻyicha oʻz mulohazalarini bildirdi.

    Uchrashuv yakunida taraflar oʻzaro muloqotni davom ettirish hamda har ikki davlat uchun manfaatli hamkorlikni rivojlantirishga kelishib olindi.

    Telegram kanalimiz
    Text to speech