Toshkent konferensiyasi muvaffaqiyatli oʻtkazilishi butun dunyoda taʼsiri tobora ortib borayotgan Yangi Oʻzbekiston paydo boʻlganining yorqin dalilidir

    Mamlakatimizda 30 Iyul 2021 401

    Ayni daqiqalarda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining oʻn yettinchi yalpi majlisi oʻtkazilmoqda. Unda yaqinda poytaxtimizda davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan oʻtkazilgan “Markaziy va Janubiy Osiyo: mintaqaviy bogʻliqlik. Tahdidlar va imkoniyatlar” xalqaro konferensiya yakunlaridan kelib chiqadigan vazifalar muhokama qilindi.

    — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning tashabbusi bilan oʻtkazilgan “Markaziy va Janubiy Osiyo: mintaqaviy oʻzaro bogʻliqlik. Tahdidlar va imkoniyatlar” mavzusidagi Toshkent konferensiyasi tarixiy voqea, koʻp jihatdan noyob forum boʻldi, – dedi Senat Raisining birinchi oʻrinbosari S. Safoyev. – Toshkentda bunday oʻta nufuzli xalqaro tadbir tashkil etilishi va muvaffaqiyatli oʻtkazilishi soʻnggi yillarda butun dunyoda taʼsiri tobora ortib borayotgan Yangi Oʻzbekiston paydo boʻlganining yorqin dalilidir.

    Mintaqamizda oʻzaro ishonch va muammolarni birgalikda hal etishga intilish yuzaga keldi, oʻzaro savdo hajmi sezilarli darajada oʻsdi: oʻtgan 4 yil mobaynida Oʻzbekistonning qoʻshni mamlakatlar bilan savdo aylanmasi 5 barobar oshdi. Vujudga kelgan yangi siyosiy muhit Markaziy Osiyo va boshqa mintaqalar oʻrtasidagi aloqalarni kengaytirish uchun shart-sharoit yaratadi.

    Bugun Janubiy Osiyo yangi qiyofasiga ega boʻlmoqda. Uning jahon iqtisodiyotidagi roli ham ortib boryapti. Bu yalpi ichki mahsuloti deyarli 3,5 trillion dollarni tashkil etuvchi jadal rivojlanayotgan mintaqadir. U jahonning iqtisodiy markazlaridan biriga aylanmoqda.

    Shu bois, konferensiya gʻoyalarini amalga oshirish 2 milliarddan ortiq nufuzga ega, sayyoramiz xavfsizligi va barqaror rivojlanishiga katta taʼsir koʻrsatadigan ulkan makromintaqa rivojlanishiga kuchli taʼsir koʻrsatishga qaratilgan.

    Oʻzbekiston Respublikasi
    Oliy Majlisi Senatining
    Axborot xizmati