Eski shahar mahallalari madaniy qatlamlarini saqlab qolish boʻyicha dastlabki qadamlar 2019-yilda, Venetsiya arxitektura Biyennalesida taqdim etilgan “Mahalla: shahar va qishloq hayoti” loyihasi ishlab chiqilganda amalga oshirilgan edi. Mahallalarimiz xalqaro ekspertlar tomonidan eko-arxitekturani tiklash, zamonaviy shaharlarni ommaviy urbanizatsiyadan asrash, shuningdek, ijtimoiy qadriyatlar va jamoaviylikni saqlab qolish usuli sifatida eʼtirof etildi.
Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi YUNESKO bilan hamkorlikda yetakchi olim, mutaxassis, arxitektor va tadqiqotchilarni birlashtirdi. Oldimizdan oqqan suvni, yaʼni mahallaning tarixiy qadr-qimmatini, milliy madaniy oʻziga xosligini anglay boshlaganimizdan juda xursandman.
Tabiiyki, ushbu hududda hech qanday investitsiya qurilish loyihalarini amalga oshirishga ruxsat boʻlmaydi.
Toshkentning yuragi boʻlgan qadimiy Zarqaynar koʻchasi taqdiriga samimiy qaygʻurayotgan barchaga - jamoatchilik vakillari, faollar, jurnalist va blogerlarga minnatdorchilik bildiramoqchiman. Shuningdek, mahallani asrab qolish loyihasini qoʻllab-quvvatlagani va uni Butunjahon tabiiy va madaniy merosi roʻyxatiga kiritgani uchun YUNESKO tashkilotiga minnatdorchilik bildiramiz.
Mahallani asrab-avaylash masalasida jamoatchilik masʼuliyati va ongli yondashuviga tayangan holda, ushu yoʻnalishda ilmiy-restavratsiya ishlarini davom ettiramiz.