Yunusobod yoʻnalishidagi poyezdlar harakati “Shahriston” va “Ming Oʻrik” bekatlari oraligʻida odatiy tarzda harakatlanishi davom etadi.

Yoʻlovchilarga noqulaylik tugʻdirmaslik maqsadida, “Turkiston-Yunusobod–Shahriston» metro bekatlari oraligʻida bepul xizmat koʻrsatuvchi katta sigʻimli avtobuslar (metrobus) harakati yoʻlga qoʻyiladi.

Ushbu avtobuslarning kunlik ish vaqti tongi 06:00 dan tungi 00:00 ga qadar amalga oshiriladi.