Bu haqda Toshkent shahar hokimligi axborot xizmati maʼlum qildi.
Qayd etilishicha, hozirgi kunda 29 ta bekatda innovatsion tizim oʻrnatilgan. Undan kuniga taxminan 200-250 ming yoʻlovchi foydalanmoqda. Roʻyxatdan oʻtish jarayoni atigi 5 daqiqa vaqt oladi.
Mutaxassislarning fikricha, ushbu texnologiyani joriy etish navbatlarni sezilarli darajada qisqartirish va yoʻlovchilarning vaqtini tejash imkonini beradi.
Taʼkidlash joizki, bunday yechimlar shahar va uning infratuzilmasiga boʻlgan ishonchning koʻrsatkichidir. Toshkentda fintex tashabbuslarini rivojlantirish uchun barqaror va xavfsiz muhit izchil ravishda shakllantirilmoqda. Bu esa investorlarning faol ishtirokida yuqori texnologiyali va keng koʻlamli yechimlarni amalga oshirishda oʻz aksini topmoqda.