Joriy yilning 20-iyul sanasida Toshkent metropoliteniga yana zamonaviy rusumdagi 3 ta yangi harakat tarkibi olib kelindi. Eslatib o‘tamiz, bundan bir necha kun oldin, ya’ni 12-iyul sanasida ham 3 ta zamonaviy harakat tarkiblari olib kelingan edi.
Joriy yilda xarid qilingan harakat tarkiblari hisobiga yangi zamonaviy harakat tarkiblari soni 47 taga yetkazildi.
Ma’lumot uchun, 2026-yil sentabr oyiga qadar, yana 8 ta 4 vagonli harakat tarkiblari xarid qilinishi rejalashtirilgan.