“Toshshahartransxizmat” Toshkent metropolitenining navbatdagi bosqichini qurish ishlari doirasida Yer usti yoʻnalishidagi “6-bekat” va “7-bekat” oraligʻida poyezdlar harakati toʻxtatilishini eʼlon qildi.
Maʼlum qilinishicha, bugun 19-aprel kuni, Yangiobod bozori va Qoʻyliq bozori oraligʻida poyezdlar harakatlanmaydi.
Shu munosabat bilan, yoʻlovchilarning jamoat transportiga boʻlgan ehtiyojini qondirish maqsadida “Qoʻyliq dehqon bozori” soʻnggi bekatidan THAY, Rohat aylanma yoʻli, THAY orqali Yangiobod bozori bekatigacha harakatlanuvchi vaqtinchalik bepul avtobus yoʻnalishi tashkil etildi.
Mazkur tashkil etilgan vaqtinchalik avtobus yoʻnalishidagi harakat jadvallari soni 4 ta, yoʻnalishning ish tartibi soat 5:00 dan 23:00 ga qadar etib belgilangan.