Toshkent metrosi yangi yilga oʻtar kechasi 1 soat koʻproq ishlaydi

    Transport 27 Dekabr 2023 472

    Toshkent metropoliteni Yangi yil bayrami kunlari poyezdlar qatnovi hamda metro ishlash vaqti qay tartibda amalga oshirilishi toʻgʻrisida maʼlumot berdi.

    Transport vazirligi axborot xizmatining maʼlum qilishicha, 2023-yil 31-dekabr yakshanba - dam olish kunida metro poyezdlari harakati doimiy jadval asosida ish faoliyatini olib boradi.

    Ish vaqtining tugashi esa, 1 (bir) soatga uzaytiriladi, yaʼni barcha metro bekatlari 31-dekabr soat 05:00 dan 1-yanvar soat 01:00 gacha yoʻlovchilarga xizmat koʻrsatadi.

    Shuningdek, qoʻshimcha dam olish kunlarida (2023-yil 30-dekabr, 2024-yil 1-2-yanvar) metro poyezdlari yakshanba kuni uchun tasdiqlangan jadval asosida, soat 05:00 dan 00:00 gacha harakatlanadi.