Bu haqda «Toshkent metropoliteni« DUK maʼlum qildi.
Qayd etilishicha, metropolitenda toʻlov tizimida shaffoflikni taʼminlash, kassalar oldidagi navbatlarni kamaytirish va yoʻlovchilarga yanada qulay xizmat koʻrsatish maqsadida amalga oshirilayotgan islohotlar davom etmoqda.
Mazkur jarayon doirasida kassalar oʻrnida yoʻlovchilar uchun bir martalik QR-chipta beruvchi infokioskalar oʻrnatiladi.
Metropoliten maʼmuriyati maʼlum qilishicha, bu oʻzgarishlar yoʻlovchilarning vaqtini tejash, tirbandliklarning oldini olish va xizmat sifatini oshirishga qaratilgan.
Ayni paytda Toshkent metrosida yoʻlovchilar quyidagi 10 dan ortiq zamonaviy toʻlov usullaridan foydalanishlari mumkin:
- bank kartalari orqali toʻlov;
- transport kartalari orqali toʻlov;
- yuzni tanib olish (Face ID);
- kaft orqali toʻlov (Palm Pay);
- mobil ilovalar orqali toʻlov va boshqalar.
Toshkent metropoliteni yoʻlovchilarga qulay, tezkor va zamonaviy xizmat koʻrsatishni ustuvor vazifa deb bilib, elektron toʻlov tizimlarini yanada kengaytirish ishlari izchil davom ettirilishini maʼlum qildi.