Mazkur holatda mashinist tomonidan tezkor va aniq harakat qilinib, harakat tarkibi zudlik bilan toʻxtatilgan hamda xavfsizlik choralariga toʻliq rioya etilgan.
Dastlabki ma’lumotlarga koʻra, fuqaro jiddiy tan jarohati olmagan holda, tez tibbiy yordam xodimlari tomonidan koʻrik uchun olib ketilgan.
Hodisa metro harakati jadvaliga ta’sir koʻrsatmagan, hozirgi vaqtda barcha poyezdlar belgilangan jadval asosida harakatlanmoqda.