Toshkent metrosiga yana to‘rt vagonli 2 ta yangi zamonaviy metro poyezdlari olib kelindi

    2024-yil may oyida yana 3 ta metro poyezdi olib kelinishi rejalangan.

    Yo‘nalishlardagi vaqt intervallarini yanada qisqartirish maqsadida, ushbu harakat tarkiblari belgilan yo‘riqnomaga asosan, 8-10 kun davomida texnik sinovdan o‘tkazilib, so‘ngra yo‘lovchilarga xizmat qilishi uchun yo‘nalishlarga chiqariladi.

    Shuningdek, ta’kidlash lozimki, 2024-yil may oyida yana 3 ta metro poyezdi olib kelinishi rejalangan. Bu rejaviy ishlar natijasida, metro vagon parklarini yangilash va belgilangan vaqt intervallarini yanada qisqartishga erishish maqsad qilingan.

    Bundan avval joriy yilning 25-fevral kuni 3 ta metro poyezdi olib kelingan edi.