Toshkent metrosining yer usti yo‘nalishlarida poyezdlar tezligi kamaytiriladi. Sabab...

    Toshkent metropolitenining barcha yer usti bekatlarida harakatlanayotgan poyezdlar tezligi soat 12:00 dan 18:00 ga qadar kamaytiriladi.

    Bundan maqsad havo haroratining keskin isishi sababli, poyezdlar harakati xavfsizligini taʼminlashdir.

    Bu haqda “Toshkent metropoliteni” DUK matbuot xizmati xabar qildi.

    Maʼlum qilinishicha, bu orada elektropoyezdlar qatnovidagi oraliq intervallar ham oʻzgaradi, yaʼni ortadi.