Uch kun davomida sambo muxlislari keskin va shiddatli bellashuvlar guvohiga aylanishdi. Musobaqada ishtirok etgan o‘zbekistonlik sambochilar umumiy hisobda 11 ta medal qo‘lga kiritishdi.

Terma jamoamiz aʼzolari 3 ta oltin, 5 ta kumush va 3 ta bronza medallariga ega chiqishdi.

Terma jamoamiz safida quyidagi sportchilarimiz sovrindor bo‘lishdi:

Oltin:

-58 kg: Bahodir Bakiyev (jangovar sambo)
-88 kg: Ixtiyor Eshmurodov
-98 kg: Nodirjon Mirxalikov 

Kumush:

-79 kg: Ulug‘bek Rahmonov
-64 kg: Oybek Soliyev (jangovar sambo)
-50 kg: Sabina Davlatova
-79 kg: Furqat Ro‘ziyev (jangovar sambo)
-88 kg: Sohibjon Hasanboyev (jangovar sambo)

Bronza:

-59 kg: Ibodatxon Agojonova
+98 kg: Hakimjon Ismoilov (jangovar sambo)
-71 kg: Istam Qudratov

Ushbu natija orqali sambochilarimiz jahon chempionatini umumjamoa hisobida ikkinchi o‘rinda yakunlashdi. Birinchi o‘rinni Rossiya vakillari egallashgan bo‘lsa (8 ta oltin, 6 ta kumush, 4 ta bronza), kuchli uchlikka Belarus vakillari (3 ta oltin, 5 ta kumush) yakun yasashdi.

Qayd etish lozimki, bu o‘zbek sambosidagi tarixiy natija hisoblanadi. Bungacha sambochilarimiz jahon chempionatida hech qachon umumjamoa hisobida ikkinchi o‘rinni egallashmagandi.