Milliy Olimpiya qoʻmitasi maʼlumotiga koʻra, unda yaqin vaqt ichida oʻtadigan yirik musobaqalarga mezbon davlatlar nomi belgilab olindi. Ahamiyatlisi, Toshkent shahri 2025-yil yoshlar oʻrtasidagi jahon chempionati mezbonligini qoʻlga kiritdi. Qayd etish joiz, 2018-yil ham yoshlar oʻrtasidagi jahon chempionati poytaxtimizga ishonib topshirilgan va musobaqa yuqori saviyada oʻtkazilgan edi.
2026-yilga belgilangan kattalar oʻrtasidagi dunyo birinchiligi esa Xitoyning Ninbo shahrida oʻtadigan boʻldi. Maʼlumot uchun, kattalar oʻrtasidagi jahon chempionati 2024-yil Bahrayn, 2025-yil Norvegiyada tashkil etiladi.
Qatar Gran-prisining birinchi kunida esa hamyurtlarimiz orasida Jamila Panfilova ishtirokini boshlaydi. -49 kg vazn toifasiga ega atletimiz “V” guruhida oʻz omadini sinab koʻradi.
Uning chiqishi Toshkent vaqti bilan 15:30 da boshlanadi.