«Toshkent-Samarqand» pullik yo‘lini qurish loyihasi bo‘yicha uchrashuv o‘tkazildi

    Transport 25 Iyul 2023 1436

    Joriy yil 24-iyulda Transport vazirligida «Toshkent-Samarqand» pullik yo‘lini qurish loyihasini davlat-xususiy sheriklik asosida amalga oshirish bo‘yicha Ilhom Maxkamov YeTTB vakillarini qabul qildi.

    Ushbu pullik yo‘l qurish loyihasining texnik iqtisodiy asosi YeTTB tomonidan yollangan Proyapı Mühendislik ve Müşavirlik A.Ş. kompaniyasi tarafidan 1,5 million dollar miqdoridagi grant mablag‘lari hisobidan ishlab chiqilyapti.

    Uchrashuv doirasida loyihaning texnik iqtisodiy asosini ishlab chiqishni jadallashtirish hamda xususiy sherikni aniqlash bo‘yicha tender jarayonlarini tashkillashtirish bilan bog‘liq masalalar muhokama etildi, deb xabar beradi Transport vazirligi matbuot xizmati.