Qarorga muvofiq, “Yaxshi” baholangan Mirobod tumani hokimi Shuhrat Po‘latov, Bektemir tumani hokimi Tapil Mahamadziyayev va Yangihayot tumani hokimi Hayot Inog‘omov, ularning o‘rinbosarlari hamda sektor rahbarlari mahalliy byudjetlarning qo‘shimcha manba mablag‘lari hisobidan maoshiga 30 foiz ustama olishdi.

Shuningdek, “qoniqarsiz” baholangan Shayxontohur tumani hokimi Abduqahhor To‘xtayev, Uchtepa tumani hokimi Farhod Abdullayev va Sergeli tumani hokimi Elbek Shukurov, ularning o‘rinbosarlari hamda sektor rahbarlariga nisbatan oylik ish haqidan 30 foiz jarima jazosi qo‘llanilgan.

Ma'lumot uchun, Jahongir Ortiqxo‘jayev sentyabr oyida Mirzo Ulug‘bek tumani hokimi Shavkatbek Irgashevga, Yunusobod tumani hokimi Jahongir Ibrohimovga va Yangihayot tumani hokimi Hayot Inog‘omovga nisbatan birinchi yarim yillikda sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmlari kamaytirgani uchun hayfsan bergandi.