Toshkent shahar hokimi: “Belgilanmagan yerda koʻp qavatli kvartirali uylar qurilishi avariya holatlariga olib kelmoqda”

    Urbanizatsiya 6 Yanvar 2021 588

    “Keyingi paytlarda ayrim fuqarolarimiz tomonidan oʻzboshimchalik bilan qurilish ishlarini amalga oshirish holatlari koʻpayib ketdi. Hususan Toshkent shahrida yakka tartibdagi uy-joy qurish uchun ajratilgan yer uchastkasida koʻp qavatli kvartirali uylar qurish holatlari ortib bormoqda”, — dedi Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxoʻjayev.

    “Buning oqibatida qurilgan koʻp qavatli kvartiralar uylaridagi muhandislik-kommunikatsiyalar tizimiga salbiy taʼsir koʻrsatishi va ayrimlari quvvati yetmay, ayrimlarida turli xil avariya holatlarini keltirib chiqarmoqda”, — deya taʼkidladi u.

    2020-yil xatlov oʻtkazilganda, yuzdan ortiq yangi tartibdagi uy joy qurish uchun ajratilgan yer uchastkalarida uch va uchdan ortiq qavatli uy-joylar qurilgan. Ushbu holatlar shu uylar atrofidagi aholining noroziligini va kommunal muammolarini ortishiga olib kelayotganligini taʼkidladi poytaxt hokimi.