Ashxobod shahri hokimi Yaztagan Gilidjov bilan boʻlib oʻtgan uchrashuv davomida ikki tomonlama aloqalarni rivojlantirish va mustahkamlash masalalari atroflicha muhokama etildi.
Xususan, ikki poytaxt rahbarlari Ashxobod shahrida qurilishi rejalashtirilgan “Toshkent” bogʻining dastlabki loyihasini koʻrib chiqib, uni takomillashtirish boʻyicha fikr almashdilar.
Yaztagan Gilidjovning maʼlum qilishicha, “Toshkent”“ bogʻini Ashxobodning tarixiy markazida, Maxtumquli koʻchasidagi 3 gektar hududda barpo etish moʻljallangan, deb xabar beradi Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati.
Bu boradagi muzokaralar davom etyapti.