Maʼlumki, 20-avgustdan Toshkentdagi buyum bozorlari yana ishga tushiriladi. Ammo hali koronavirus bilan bogʻliq vaziyat barqaror boʻlmaganligi bois sanitariya-gigiyena talablariga toʻliq rioya qilish va Respublika maxsus komissiyasining bu boradagi topshiriqlarini soʻzsiz bajarish talab etiladi.

 

Jumladan, bozorlar va savdo majmualariga kirish joylarida keluvchilarning tana harorati oʻlchanishi, hamda ularning oʻtishi uchun dezinfektorlar oʻrnatilishi shart.

Tana harorati yuqori boʻlgan hamda niqobsiz kelganlarning bozorlar va savdo muajmualariga kirishlari qatʼiyan taʼqiqlanadi.

Toshkent shahar hokimi bozorlar rahbarlariga shu masalada atroflicha tushuntirish berib, bunday himoya choralariga qatʼiy amal qilish aholi salomatligi va xavfsizligi uchun nihoyatda muhimligini taʼkidlab oʻtdi.