Bugun Toshkent shahar sport boshqarmasi masʼullari, poytaxt sport maktablarining rahbarlari hamda shaxmat boʻyicha murabbiy-mutaxassislari ishtirokida yigʻilish boʻlib oʻtdi.
Unda shahrimizda shaxmat maktablarini tashkil etish va rivojlantirish, yoshlar oʻrtasida shaxmatga boʻlgan qiziqishni oshirish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, yigʻilishda tashkiliy masala koʻrildi hamda hozirda Toshkent shahar hokimi sifatida faoliyat koʻrsatib kelayotgan Shavkat Umrzoqov Oʻzbekiston shaxmat federatsiyasi Toshkent shahar boʻlimi raisi etib saylandi.
Shu bilan birga Oʻzbekiston shaxmat federatsiyasi Toshkent shahar boʻlimi raisining oʻrinbosarlari, ijrochi direktori hamda kotibi saylandi.