Ш.Умурзаков mehmonlarga tashrif uchun minnatdorlik bildirib, Oʻzbekistonda, xususan, poytaxt Toshkentda investorlar uchun qulay sarmoyaviy va ishbilarmonlik muhiti yaratilganini aytib, hokimlik ikki tomonlama samarali hamkorlik yoʻlida muhokamaga tayyorligini maʼlum qildi.
A. Orlov Toshkent shahrida boʻlib oʻtayotgan “Innoprom. Markaziy Osiyo” 4-xalqaro koʻrgazmasida ishtirok etish barobarida, Toshkent shahar hokimligiga tashrif buyurganidan mamnunligini bildirib, ushbu tashrif katta imkoniyatlar eshigini ochishiga ishonch bildirdi.
Soʻngra, Yekaterinburg shahrining logistika, ogʻir va yengil sanoat, axborot texnologiyalari, tibbiyot va qator boshqa yoʻnalishlardagi imkoniyatlari haqida batafsil toʻxtaldi hamda istiqbolli hamkorlikni yoʻlga qoʻyish taklifini bildirdi.
Sh. Umurzakov mehmonning tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlab, ayni paytda Toshkent shahrida yoʻl-transport infratuzilmasini rivojlantirish, aholi uchun inklyuziv muhit yaratish, xavfsiz va aqlli shahar konsepsiyasini amalga oshirish, qurilish va boshqa qator yoʻnalishlarda yirik loyihalar mavjudligini, oʻzaro manfaatli sheriklik imkoniyatlari juda kengligini maʼlum qildi, deb xabar beradi Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati.
Uchrashuv yakunida taraflar muloqotni davom ettirish orqali, oʻzaro istiqbolli yoʻnalishlarni belgilashga kelishib oldilar.