Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil devonining Toshkent shahrida faoliyat koʻrsatuvchi xodimlari tadbirkorlik subyektlari tomonidan yoʻllangan murojaatlarni oʻrganish natijasida Toshkent tumanlararo iqtisodiy sudiga daʼvo arizalari, Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi hamda shahar hokimligiga xulosa va yoʻllanma xatlar kiritilgan.

Jumladan, qayd etilgan davlat muassasalariga qoʻyilgan qonuniy talablar natijasida “Suil” XKga 955 436 615 soʻm, “Galen med pharm” MCHJga 3 028 461 851 soʻm, “Egiz” MCHJga 1 977 971 500 soʻm, “Madoka akari” MCHJga 795 247 528 soʻm, “Diplomat-Servis” MCHJga 4 127 280 442 soʻm, “Tabassum Mir” MCHJga 1 202 299 000 soʻm hamda “Fazo innovatsiya gʻoyalarni rivojlantirish markazi” MCHJga 21 803 834 658 soʻm kompensatsiya toʻlanishi taʼminlandi.

Misol uchun, Toshkent tumanlararo iqtisodiy sudining

2018-yil 23-oktyabrdagi 4-1001-1814/24106-sonli hal qiluv qarori asosida daʼvogar “EGIZ” MCHJ foydasiga javobgar Toshkent shahar hokimligi hisobidan kompensatsiya tariqasida 1 977 971 500 soʻm undirish belgilangan. Ushbu sud qarorini ijro qilish Majburiy ijro byuroning Chilonzor tuman boʻlimiga topshirilgan.

Amaldagi qonun hujjatlari talabiga asosan, tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish boʻyicha vakil tomonidan ishning davlat organi mansabdor shaxsi nihoyasiga yetkazilishi zarurligi hamda buzilgan huquq va qonuniy manfaatlarini tiklash choralarini koʻrish yuzasidan kiritilgan xulosaga koʻra 1 977 971 500 soʻm miqdordagi kompensatsiya toʻlovlari undirilishi taʼminlangan.

Doniyor Maxmudov,

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi

Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy

manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil devoni

                                            yetakchi inspektori