Toshkent shahrining dizayn-kodi loyihasi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga joylashtrildi.

Hujjat qurilish va jamoat joylarining tashqi koʻrinishi uchun yagona va tushunarli qoidalarni belgilaydi, shuningdek, shahar muhitining yangi madaniyatini shakllantiradi.

Ularda qulay, xavfsiz va estetik jihatdan muvozanatli shahar muhitini shakllantirishga qaratilgan talab va meʼyorlar mustahkamlangan.

Hujjat quyidagi yoʻnalishlarni tartibga soladi:

  • arxitektura yechimlari;
  • peshlavhalar va reklamalarni joylashtirish;
  • hududlarni obodonlashtirish;
  • koʻcha infratuzilmasi va kichik meʼmoriy shakllar;
  • tarixiy muhitni saqlash va rivojlantirish.

Vizual talablardan tashqari, dizayn-kod qoʻshni maydonlardan oqilona foydalanishni nazarda tutadi, shuningdek, sayyohlik koʻchalari uchun alohida qoidalar va ularning alohida ishlash rejimini belgilaydi.

Loyiha boʻyicha taklif va mulohazalar 2026-yil 10-yanvarga qadar qabul qilinadi.