Uchrashuv davomida ikki shahar oʻrtasida tajriba almashinuvi uchun imkoniyatlar katta ekanligi taʼkidlanib, poytaxtimizda amalga oshiriladigan meʼmoriy loyihalarda rossiyalik arxitektor va quruvchilarning ishtirokining imkoniyatlari muhokama etildi.
Bundan tashqari istiqbolli arxitektura va shaharsozlik yechimlari, sohadagi ishlarni muvofiqlashtirish, loyihalash va qurilish jarayonlarini tartibga solish kabi mavzularda muloqot oʻtkazildi, deb xabar beradi Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati.