Bu haqda DXX axborot xizmati maʼlum qildi.
Qayd etilishicha, Olmazor tumanida yashovchi, 1982-yilda tugʻilgan fuqaroning yonidan 3 gr “gashish” moddasi topilgan.
Shayxontohur tumani IIO FMB Jinoyat qidiruv boʻlimi katta tezkor vakili Toshkent shahar IIBB Jinoyat qidiruv boshqarmasi katta tezkor vakili bilan kelishgan holda, mazkur holat yuzasidan oʻzining ish yurituvida boʻlgan tergovga qadar tekshiruv hujjatlari doirasida gumondorni jinoiy javobgarlikka tortmaslik evaziga 2200 AQSH dollari talab qilib, muqaddam 1000 AQSH dollari oladi.
Ammo u qolgan 1200 AQSH dollarini oʻz xizmat xonasida olgan vaqtida Davlat xavfsizlik xizmatining Toshkent shahar boʻyicha boshqarmasi xodimlari tomonidan ushlandi.
Shuningdek, Toshkent shahar IIBB JQB katta tezkor vakili ham protsessual tartibda ushlandi.
Hozirda Toshkent shahar prokuraturasi tomonidan mazkur katta tezkor vakillarga nisbatan Jinoyat Kodeksining 210-moddasi (pora olish) 2-qismi tegishli bandlari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, “qamoq” ehtiyot chorasi qoʻllanildi. Tergov harakatlari olib borilmoqda.