Favqulotda vaziyatlar boshqarmasining xabar berishicha, bugun, 23-oktyabr kuni soat 04:51da Toshkent shahar Shayxontohur tumani “Shayxontohur” MFY, Zulfiyaxonim koʻchasi 21-uyda joylashgan restoranning tom qismi yongʻin chiqqan.

Xabarga koʻra 4 ta yongʻin-qutqaruv ekipaji voqea joyiga soat 04:54 da yetib borib, yongʻin soat 05:29 da oʻchirilgan.

Yongʻindan restoranning 200 kv.m. maydoni saqlab qolingan.

Xodisa oqibatida fuqarolarni kuyish tan-jaroxati olish va halok boʻlish holatlari qayd etilmadi. 

Yongʻinning zarari aniqlanmoqda.