12-mayda “Toshkent City”da Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi va Toshkent shahar hokimligi hamkorligida 50 ta zamonaviy Ford reanimobillari Toshkent shahar Tez tibbiy yordam xizmatiga topshirildi. Mashinalar bemorlarni tashish va ularga shoshilinch yordam koʻrsatishga mos ravishda toʻliq jihozlangan.
Ford rusumli tez tibbiy yordam maxsus avtotransport vositalari xaridi “OʻZIMPEKSALOQA” MCHJ tomonidan amalga oshirildi.
Taʼkidlash lozimki, 2019-yilda shu rusumdagi 150 ta tez tibbiy yordam maxsus avtotransport vositalari Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan yetkazib berilgan edi, deb xabar beradi vazirlik matbuot xizmati.
Ushbu avtotransport vositalarining yetkazib berilishi tez tibbiy yordam xizmatini rivojlantirishga amaliy koʻmaklashadi va uning moddiy-texnika bazasini yaxshilaydi. Shu oʻrinda, shoshilinch yordamga muhtoj har bir kishiga yuqori sifatli tibbiy xizmatlarni oʻz vaqtida koʻrsatish imkoniyatini kengaytiradi.