Kun.uz'ning yozishicha, 16-yanvar kuni kechki payt havo sifati indeksi (AQI) 230 ga yetgani kuzatilgan, bu esa juda nosogʻlom koʻrsatkich hisoblanadi. Bu borada Toshkent dunyoning havosi eng iflos shaharlari reytingida Hindiston poytaxti Dehlini ortda qoldirib, 1-oʻringa chiqib oldi.

Mutasaddi tashkilotlar tomonidan havo sifati yaxshilash maqsadida qator chora-tadbirlar rejalashtirilgan. Jumladan, qurilish maydonlarida havoni muhofaza qilish talablariga rioya qilish, avtotransport vositalarining ekologik standartlarga mosligini taʼminlash, sanoat korxonalarida zamonaviy chang-gaz tozalash uskunalarini oʻrnatish va shahar atrofida “yashil belbogʻlar” yaratish kabi ishlar amalga oshirilishi rejalashtirilgan.

Biroq qilinayotgan ishlar, rejalar ish bermayapti. Toshkent shahri havosi kundan kunga zararlanib, Toshkent shahri AQI koʻrsatkichida dunyoning eng ifloslangan shaharlari qatoridan joy olib kelmoqda.