Toshkent shahri Dunyo shaharlari uchun turizmni rivojlantirish tashkilotiga aʼzo boʻladi

    Turizm 25 Sentabr 2024 572

    Poytaxt hokimligida Toshkent shahar hokimi oʻrinbosari Sanjar Tadjiyev hamda Dunyo shaharlari uchun turizmni rivojlantirish tashkiloti (Tourism Promotion Organization for Global Cities) bosh kotibi Vu Ha Kyong oʻrtasida uchrashuv boʻlib oʻtdi.

    Uchrashuvda Toshkent shahar hokimligi vakillari va TPO bosh kotibi Toshkentning turizm resurslari va salohiyatini oshirish boʻyicha muhim masalalarni muhokama qildilar.

    Janob Vu Ha Kyong Toshkentning boy turizm resurslari va imkoniyatlarini yuqori baholab, Toshkent shahrini TPO tashkilotiga aʼzo boʻlishga taklif qildi.

    Uchrashuv davomida Toshkent shahar hokimligi vakillari shaharni turizm markaziga aylantirish boʻyicha rejalari va loyihalari haqida maʼlumot berdilar. Shuningdek, ular TPO bilan hamkorlikda amalga oshirilishi mumkin boʻlgan loyihalar va tashabbuslar haqida fikr almashdilar, deb xabar beradi Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati.